Davlat ramzlari
Gerb, bayroq va madhiya — Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi va suverenitetining ramzlari. Ularni hurmat qilish har bir fuqaroning burchi va maktab tarbiyasining muhim qismidir.
Davlat gerbi
Davlat gerbi toʻgʻrisidagi qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻninchi sessiyasida qabul qilingan. Gerbda togʻlar va daryolar bilan gullagan vodiy uzra chiqayotgan quyosh, bugʻdoy boshoqlari va gʻoʻza shoxlaridan iborat chambar tasvirlangan.
- Markazdagi qanotlarini yoygan Humo qushi — baxt va erksevarlik ramzi.
- Yuqoridagi yarim oy va yulduzli sakkiz qirrali shakl — respublika barqarorligi belgisi.
- Quyosh — davlatning yorugʻ yoʻliga tilak va mamlakat tabiiy sharoiti belgisi.
- Bugʻdoy boshoqlari — non, ochilgan koʻsakli gʻoʻza shoxlari — mamlakatning asosiy boyligi va xalqlar birligi.
- Davlat bayrogʻi ranglaridagi lenta chambarni oʻrab turadi.
Davlat bayrogʻi
Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun Oliy Kengashning sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan. Bayroq ingichka qizil chiziqlar bilan ajratilgan zangori, oq va yashil uchta gorizontal yoʻldan iborat. Zangori yoʻlda dastaga yaqin joyda oq yarim oy va 12 ta oq yulduz bor.
- Zangori — osmon va musaffo suv; Sharqda moviy rang azaldan eʼzozlanadi.
- Oq — tinchlik va poklik, yorugʻ yoʻl tilagi.
- Yashil — tabiat va hayotning yangilanishi.
- Qizil chiziqlar — xalqning hayotiy kuchlari.
- ☾Yarim oy — xalqning koʻp asrlik anʼanalari; yulduzlar bilan birga — tinch, musaffo osmon.
- ★12 yulduz — kamolot belgisi.
Davlat madhiyasi
Davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi qonun Oliy Kengashning oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan. Madhiya — davlat suverenitetining ramzi. U tantanali marosimlarda, jumladan maktab yigʻilishlarida yangraydi va matn hamda musiqaning tasdiqlangan tahririda ijro etiladi.
Qonun va madhiya matni lex.uz daRamzlar tavsifi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi materiallari asosida.